Umumiy ovqatlanish korxonalariga avtodoʻkon, avtotirkama va fudtraklar orqali savdo qilish huquqi taqdim etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik subyektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi.
Unga koʻra, 2021-yil 1-iyulga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari karantin cheklovlarining bekor qilinishiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatilgan joylashtirish, qurish va foydalanish boʻyicha vaqtinchalik talablarga rioya qilgan holda hamda tuman (shahar) hokimliklarini xabardor qilish orqali isteʼmolchilarga ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatish uchun oʻzlariga tutash boʻsh yer uchastkalarida yengil konstruksiyalarni bepul joylashtirish va qurish huquqiga ega.
Belgilanishicha, 2021-yil 1-iyulga qadar karantin cheklovlarining bekor qilinishiga qarab tadbirkorlik subyektlariga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan shartnoma tuzmasdan davlat soliq xizmati organlarini savdo muddati, mahsuloti va transport toʻxtashi taqiqlanmagan joylarni koʻrsatgan holda xabardor qilish orqali avtodoʻkon, avtomagazin, avtotirkama, avtotsisterna va fudtraklar orqali savdo qilish huquqi taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻzining rasmiy sayti va mobil ilovalar orqali koʻchma savdoni boshlash toʻgʻrisida elektron xabarnomalarni bepul qabul qilishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻzining rasmiy sayti va mobil ilovalar orqali koʻchma savdoni boshlash toʻgʻrisida elektron xabarnomalarni bepul qabul qilishni taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring