Moʻynoqda dezinfeksiya ishlari uzluksiz olib borilmoqda

Koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish barcha tizim vakillaridan birdamlik va hamjihatlikda harakat qilish talab etiladi.
Ushbu tamoyilga amal qilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani hududida faoliyat yuritayotgan Prezident Xalq qabulxonasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va mudofaa boʻlinmalari hamda tibbiyot birlashmalaridan mutaxassis va xodimlardan iborat guruhlar tuzilib, joylarda kuchaytirilgan nazorat oʻrnatildi. Uzluksiz ravishda belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinyapti.
Xususan, kuni kecha 50 dan ziyod shaxsiy tarkib hamda qator maxsus texnika jalb etilgan holda tuman boʻylab keng qamrovli dezinfeksiya ishlari oʻtkazildi. Moʻynoq tumanining odamlar gavjum boʻlgan joylar – «Dexqon bozori», 6 ta koʻp qavatli uylar, 5 ta koʻcha, 50 dan ortiq davlat va nodavlat idoralari obyektlari jami 10 tonnaga yaqin xlorli eritma maxsus toʻrtta “MAN” va “ISUZU” purkagichli avtomashinalar bilan dezinfeksiya qilindi.
Shu bilan bir qatorda, Prezident Xalq qabulxonasi hamda Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari maxsus texnika va uskunalar yordamida aholiga karantin qoidalari haqida, ularga amal qilish boʻyicha keng tushunitirish ishlarini olib bordi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring