Tez yordam xodimlari qoʻshimcha ragʻbatlantiriladi

16:55 20 Iyul 2020 Jamiyat
1041 0

“Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida aholini tez tibbiy yordam xizmati bilan keng qamrab olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 20-iyuldan:

koronavirus epidemiyasi davrida normativga qoʻshimcha ravishda kechayu-kunduz navbatchilik qiladigan 1 nafar tibbiyot xodimi va 1 nafar haydovchidan iborat ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etiladi;

kuchaytirilgan tartib davrida har oy yakuniga qadar barcha tez tibbiy yordam brigadalarida ishlovchi xodimlarning lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar oʻrniga quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilanadi:

  • vrach xodimlarga – 2,5 mln soʻm;
  • oʻrta tibbiyot xodimlariga – 1,5 mln soʻm;
  • haydovchilarga – 1,0 mln soʻm.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi epidemiologik vaziyat, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmatiga kunlik chaqiriqlar sonidan kelib chiqib ixchamlashtirilgan mobil tez yordam brigadalarining vaqtinchalik normativlari tasdiqlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер