Koronavirusga chalingan poytaxtlik 42 yoshli bemor vafot etdi

Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 42 yoshli S.S. (erkak)da joriy yil 17-iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u oʻta ogʻir ahvolda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan va sunʼiy nafas berish apparatiga oʻtkazilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Bemorda kasallik sepsis, oʻtkir nafas yetishmovchiligining 4-darajasi, oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik kabi asoratlar bilan kechgan.
Shuningdek, u yurak ishemik kasalligi, stabil zoʻriqish stenokardiyasi, qandli diabetning dekompensatsiya bosqichi kabi hamroh xastaliklar bilan ham ogʻrigan.
Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar oʻtkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.
Biroq hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan u oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring