Hammani davolash imkoni bor desak xato boʻladi — Otabekov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiolgiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Otabekov Nurmat koronavirusni yengish borasida oʻz fikrlarini bildirdi.
"Hozir biz COVID-19ga chalingan kimni ahvoli oʻta ogʻir holatda boʻlsa, birinchi oʻrinda oʻsha inson tahlilini amalga oshirishimiz kerak. Shunaqa qaror qabul qilindiki, bundan buyon avvalo tahlil natijalariga emas, bemorning umumiy holatiga qaraladi.
Ochigʻini aytsam, hammani davolash imkoni bor desak xato boʻladi. Bu murakkab masala. Bugunda tibbiyot tizimidagi 75 ming shifokor, 440 mingga yaqin oʻrta tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi kurashishga safarbar qilingan. Lekin xalq bu harakatni boshida boʻlmasa, jarayonni asosiy ishtirokchisiga aylanmasa, ularni qoʻlidan hech narsa kelmasligi mumkin. Chunki birlik tartib-qoidalarga amal qilinmasa yaxshi natijalarga erisha olmaymiz.
Aytishim kerakki, epidemiologik jarayonni uchta boʻgʻini bor: manfaat, yuqish yoʻli va yuqtirib oluvchi shaxs. Agar biz qaysi birini “oʻyin”dan chiqarsak, kasallikni jilovlash imkoniyatiga ega boʻlamiz", dedi Otabekov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring