Yangi namunadagi kadastr pasportining afzalligi nimada?

2019-yilning 12-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini yana-da takomillashtirish hamda koʻchmas mulk obyekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida qarori qabul qilingan edi. Qarorning ijrosini taʼminlash doirasida shu yilning 1-martidan boshlab Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining plastik karta shaklida tayyorlangan koʻchmas mulk obyekti kadastr pasportining yangi namunasi berilishi rejalashtirilgan. Shunga koʻra, 20-maydan boshlab vodiydagi fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga oʻtgan, bekor boʻlgan yoki koʻchmas mulk obyektining huquqiy holati oʻzgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat etishganda, yangi namunadagi kadastr pasportini berish boshlandi.
— Yangi namunadagi kadastr pasportining afzalligi shundaki, avvalo, barcha kadastr maʼlumotlari bir joyda yagona maʼlumotlar bazasida saqlanadi,-deydi Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi axborot xizmati rahbari Umidjon Mamarasulov. — Smart karta ichidagi maʼlumotlar onlayn ravishda bazaga ulangan holda koʻriladi. Uy-joy bilan bogʻliq barcha kadastr ishlari doimiy ravishda elektron tarzda qayd etib boriladi hamda elektron kadastr tarixi vujudga keladi. U yoʻqolib qolsa yoki yaroqsiz holga kelib qolgan vaziyatlarda masofadan turib bloklanadi va qisqa vaqt ichida yangi kadastr pasporti taqdim etiladi. Geoportal bilan integratsiya natijasida uy-joyning geografik maydoni va chegarasi toʻgʻrisida oʻta aniq maʼlumot smart kartadan joy oladi. Maxsus mobil ilova orqali kadastr pasporti maʼlumotlarini koʻrish imkoni yaratiladi. Buning uchun smart kartani telefonga yaqinlashtirish kifoya.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, yangi namunadagi kadastr pasportida QR-kod tizimi mavjud. Ushbu tizim orqali mulkdorlar vakolatli tashkilotlarga murojaat etmasdan turib, koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni istalgan vaqtlarida “QR scanner” mobil ilovasi orqali olishlari mumkin.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring