Buxoroda yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 100 mlrd soʻm ajratiladi

21:37 30 Aprel 2020 Iqtisodiyot
2525 0

Buxoroda yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf ishlariga davlat byudjetidan 100 mlrd soʻm ajratiladi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar berdi.

“Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi qabul qilindi.

2020-yilning 27-28-aprel kunlari Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofatdan zarar koʻrgan aholiga har tomonlama tezkor yordam koʻrsatish maqsadida:

Hukumat komissiyasi tashkil etildi va unga quyidagi vazifalar yuklatildi:

  • yetkazilgan zarar va yoʻqotishlar miqdorini aniqlash va baholash;
  • fuqarolarga vaqtincha turar joy, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va boshqa yordamlar koʻrsatish;
  • ijtimoiy-iqtisodiy, muhandislik, transport va energetika infratuzilmasini va boshqa hayotiy muhim obyektlar va tizimlarni ishchanlik holatiga keltirish;
  • qurilish-tiklash ishlariga zarur boʻladigan qurilish materiallarini miqdorini aniqlash va ularni yetkazish;
  • qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga yetkazilgan zararni va yoʻqotishlar oʻrnini qoplash, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini tiklash;
  • qisqa muddatlarda nobud boʻlgan gʻalla va paxta maydonlariga boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ekish;
  • Hukumat komissiyasi 3 kun muddatda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.

Yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlariga davlat byudjetidan 100 mlrd soʻm ajratiladi.

Paxta-toʻqimachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari tomonidan zarar yetgan gʻoʻza maydonlariga qilingan xarajatlar va gʻalladan olinmaydigan hosil oʻrnini qoplash choralari koʻriladi.

10 kun muddatda Olot tumani aholisiga qulay shart-sharoitlar yaratish, tuman markazini yana obod qilish maqsadida koʻp qavatli uy-joylar, madaniy-maishiy hamda boshqa ijtimoiy obyektlar qurish boʻyicha taklif ishlab chiqiladi.

2 hafta muddatda Olot va Qorakoʻl tumanlarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan taklif ishlab chiqiladi.

Barcha chora-tadbirlar koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan joriy qilingan karantin tartib-qoidalariga qatʼiy rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер