Navoiyda tomorqasidan samarasiz foydalangan 49 nafar fuqaro qo‘shimcha soliqqa tortildi

12:54 07 Iyun 2018 Iqtisodiyot
3014 0

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 18 martdagi “Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yerdan samarali foydalanishni tashkil etish, monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Mazkur hujjatda dehqon xo‘jaliklari va aholining tomorqa yerlaridan unumli foydalanishini tashkil etish choralari belgilangan. Shuningdek, tomorqa yerlarida aholi mevali va manzarali daraxtlar ekmaganligi, chorva mollari sotib olmaganligi, issiqxona barpo etmaganligi, shu jumladan, yer uchastkasi obodonlashtirmaganligi aniqlansa maxsus ishchi-guruhi tomonidan ogohlantirish xati tayyorlanadi va dehqon xo‘jaligi boshlig‘i yoki tomorqa yer egasiga beriladi.

Belgilangan muddatda yer egalari tomonidan kamchiliklar bartaraf etilmasa, yer solig‘ining uch barobari miqdorini qo‘llash yuzasidan tuman davlat soliq inspeksiyasiga taqdimnoma kiritiladi. Navoiy viloyatida bu borada tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Viloyatdagi muxbirimiz Temur Eshboyevning Navoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Orzumurod Umarov tomonidan olgan ma’lumotiga ko‘ra, Nurota tumanida 25, Xatirchida 5, Konimexda 4, Navbahorda 15 ta xonadon egasi, jami 49 nafar fuqaroga tomorqasiga ekin ekmagani, undan samarasiz foydalangani uchun 2018 yilga 11,8 million so‘m qo‘shimcha soliq hisoblangan. Yana bir Bir qator taqdimnomalar esa ko‘rib chiqilayapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер