“UzAutomotors” AJning murojaati koʻrib chiqildi va “Avto oltmish oy” MCHJ kirdikorlari fosh etildi

Illyustrativ foto
Poytaxtimizda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Avto oltmish oy” MCHJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi jarayonlariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Jinoyat ishi qoʻzgʻatilishiga “UzAutomotors” AJning IIVga “Avto oltmish oy” MCHJning fuqarolarga foizsiz pulini 5 yil (60 oy) muddatga boʻlib toʻlash sharti bilan shubhali faoliyat koʻrsatayotganligi haqidagi yoʻllagan murojaati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv vaqtida aniqlangan holatlar asos boʻlgan.
Haqiqtan ham, ushbu MCHJ asoschisi J. Boxodirov va boshqalar fuqarolarga avtotransport vositalarini foizsiz 5 yil muddatga, boʻlib toʻlash sharti bilan olib berishni vaʼda qilgan va ulardan olingan pul mablagʻlarini jamiyat faoliyatini reklama qilishga sarflab, 18 ming nafardan ortiq fuqaroning pul mablagʻlarini jamiyat hisob raqamiga tushirishga erishgan.
18,818 nafardan ziyod mijoz tomonidan toʻlov qilingan 57, 412 milliard soʻm mablagʻdan bor yoʻgʻi, 130 ta transport vositasini sotib olish uchun “Qibray avto moto servise” MCHJga 24, 6 milliard soʻm qismini koʻchirish bilan kifoyalangan.
Jinoyat ishi boʻyicha jami aniqlangan zarar 57, 412 milliard soʻmni tashkil etadi. Jabrlanuvchilarga yetkazilgan umumiy zararning undirilgan qismi 34, 148 milliard soʻm (naqd pul shaklida — 26, milliard soʻm, xatlangan mol-mulklar — 8, 148 milliard soʻm, shuningdek, 28 ta turli rusumdagi umumiy bahosi 2,1 milliard soʻmga teng boʻlgan transport vositalarini xatlash choralari koʻrilmoqda)dan iborat.
J. Boxodirov va uning sheriklari jinoiy faoliyatlari davomida “Catalea Media” MCHJ, “J.Boxodirov” YATT hamda “Karat insurance” MCHJni tashkil etib, ustav jamgʻarmasini mijozlardan tushgan pul mablagʻlari evaziga shakllantirgan. Shu sababli mazkur korxonalarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, yagona ish yurituviga birlashtirilgan.
Tergov departamenti masʼullari OAV vakillariga shu va boshqa maʼlumotlarni taqdim etdi. Tashrif buyurgan jabrlanuvchilarga tergov jarayoni yakunlanib, sudning yakuniy xulosasi chiqqanidan soʻnggina topshirgan pul mablagʻlari qaytarilishi maʼlum qilindi.
J. Boxodirovning onasi esa oʻgʻli yoshlik qilgani, oʻzlashtirgan pullarni, albatta, egalariga qaytarilishini aytdi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring