Qashqadaryoda soxta bloger odamlarni qoʻrqitib 500 AQSH dollari talab qildi
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi fuqaroni internetda obroʻsizlantirish bilan qoʻrqitgan soxta bloger 500 AQSH dollarini pora tariqasida olayotganda qoʻlga olingan. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati maʼlumotiga asoslanib nnews.uz xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Kitob tumani, “Birlik” MFY, “Qalmoq” qishlogʻida yashovchi fuqaro Sh.A. DXX Qashqadaryo viloyati Kitob tumani boʻlinmasi boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilib, “Xoʻjailmkoni” qishlogʻida yashovchi fuqaro Sh.M. oʻzini bloger sifatida tanishtirib, ish faoliyati va oilaviy holati bilan bogʻliq obroʻsizlantiruvchi maʼlumotlarni yigʻganini, maʼlumotlarni internetda tarqatishini aytib qoʻrqitgan. Tovlamachilik yoʻli bilan 1000 AQSH dollari berishni talab qilgan.
Mazkur xolat yuzasidan 2019-yil 15-dekabr kuni soat 17-30 larda Departament va DXXning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda soxta bloger Sh.M. va tumandagi 44-maktab yonida ariza muallifidan kelishilgan 1000 AQSH dollari hisobidan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Oʻrganish davomida Sh.M. oʻzini bloger sifatida eʼlon qilib, kishilarning shaxsiy hayotiga ham dahl qilganligi aniqlangan. Jumladan: U ariza muallifi Sh.A.ning opasi K.A.ni toʻyda erkak kishi bilan “vals” raqsiga tushganligini tasvirga tushirib, “Feysbuk” va “Telegramm” ijtimoiy tarmoqlariga tarqatgan. Sh.A.ning sayyor qabulga mast holda borganligini tasvirga olib, “Feysbuk” va “Telegramm” ijtimoiy tarmoqlariga chiqarib yuborgan.
Kuni kecha “Kitob tumanida bolalarga qurtlagan jigar va goʻshtdan ovqat tayyorlab berilayotgani haqida”gi yolgʻon maʼlumotlarni ham Sh.M. tarqatgan, – deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring