Oʻzbekiston sobiq ittifoq hududida narx-navo oʻsishi boʻyicha eng yuqori oʻrinda turibdi
2019-yil yanvar-avgustda Oʻzbekistonda narx-navo 8,2 foizga koʻtarildi. Bu haqda milliy statistika idoralari maʼlumotlariga iqtibos keltirgan holda BelaPAN nashri xabar berdi.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston joriy yilning ilk 8 oyida isteʼmol narxlari oʻsishi boʻyicha sobiq ittifoq davlatlari orasida 1-oʻrinni egallagan. Bu borada 2-oʻrinni Tojikiston (5,8 foiz), 3-oʻrinni Moldova (4 foiz) egallagan.
Yuqorida keltirilgan davlatlardan inflyatsiya miqdori kamroq Gruziyada (3,1 foiz), Qozogʻistonda (3 foiz), Belarusda (2,9 foiz) va Ukrainada (2,7 foiz) qayd qilingan. Keyingi oʻrinlarni Estoniya (2,6 foiz), Rossiya (2,4 foiz), Latviya (2,3 foiz), Litva (1,4 foiz), Ozarboyjon (0,6 foiz) va Qirgʻiziston (0,3 foiz) egallagan. Armanistonda esa, aksincha, deflyatsiya (2,3 foiz) kuzatilgan. Turkmaniston boʻyicha maʼlumotlar berilmagan.
Avgust oyida Qirgʻiziston (0,03 foiz), Qozogʻiston, Latviya (0,2 foizdan), Gruziya (0,5 foiz), Estoniya (0,7 foiz), Tojikiston (0,9 foiz) va Oʻzbekistonda (2,9 foiz) inflyatsiya qayd qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring