Deputat yuridik universitet rektori etib tayinlandi
Arxiv foto
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rahimjon Hakimov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi. Bu xabarni vaziyatdan xabardor manbalar “Xalq soʻzi“ga tasdiqladi.
Shu kungacha Hakimov deputatlik bilan birga Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori sifatida ishlab kelayotgandi.
Maʼlumot uchun, mazkur institut Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan tuzilgan va Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi qoʻshma qarori bilan tashkil etilgandi. 2018-yilning 12-yanvar kuni Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti oʻz faoliyatini boshlagan va unga Rahimjon Hakimov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universitet rektori ayni paytda adliya vaziri oʻrinbosari sifatida ham faoliyat yuritadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring