Viloyat hokimi “Qoʻqon ushshogʻi”ni aytib bergan olimni NEXIA-3 avtomashinasi bilan taqdirladi

15:48 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
2051 0

Qoʻqon shahrida ilk bor oʻtkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ishlarini koʻzdan kechirish jarayonida Fargʻona viloyati hokimi Sh. Gʻaniyev shahar faollari va viloyat rahbarlari uchun yigʻilish oʻtkazdi. Kutilmaganda mavzu Qoʻqon adabiy muhiti, milliy qoʻshiqchilik sanʼati tomonga yoʻnaldi.Viloyat rahbari Qoʻqon tarixi, madaniyati bilan bogʻliq fikrlarni bildirar ekan, “Qoʻqon ushshogʻi” mumtoz qoʻshigʻining muallifi kimligini yigʻilish qatnashchilaridan kutilmaganda soʻrab qoladi. Ushbu savolga javob berib, gʻazaldan toʻrt misra aytib bera olgan odamga dastlab 5 million soʻm mukofot eʼlon qilindi. Javob topilavermagach ushbu pul miqdori keyin 20 millionga koʻtarildi.Va nihoyat mablagʻ miqdori 100 millionga yetdi.

Qoʻqon adabiyot muzeyi mudiri Abdullatif Turdaliyev ushbu qoʻshiq gʻazali muallifi Yusuf Saryomiy ekanligini bildirib, qoʻshiq matnidan parcha aytib berdi.

Viloyat hokimi ushbu olimga mukofot tariqasida Nexia -3 rusumli avtomobil bilan taqdirladi.

Qizigʻi shundaki, ushbu voqelikdan soʻng shaharning turli dam olish maskanlari va aholi gavjum joylarida negadir“Qoʻqon ushshogʻi” va “Fargʻona tong otguncha” mumtoz qoʻshiqlari tez-tez jaranglab turibdi.

Gulbahor SAIDGʻANIYEVA.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер