Qurʼoni karimning navbatdagi oʻn ming nusxasi sotuvga chiqarildi

Bugun 17-avgust kuni “Hilol-nashr” nashriyot-matbaasi tomonidan Qurʼoni karimning navbatdagi 10 000 nusxasi sotuvga chiqarildi. Eslatib oʻtamiz, Qurʼoni karimni chop etish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning maxsus ruxsati bilan amalga oshirlayotgan boʻlib, bu Musʼhafi sharifning oltinchi bor nashr qilinishidir.
Qurʼoni Karimning bugun sotuvga chiqarilgan nusxasi avvalgilaridan bir qator jihatlari bilan farq qiladi. Gap shundaki, oʻtgan yili Gʻavsoniy noshirlik uyi hamda “Hilol-nashr” matbaa-nashriyot majmuasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Mazkur shartnomaga muvofiq, Gʻavsoniy noshirlik uyi “Hilol-nashr” nashriyotiga Musʼhafi sharifni Oʻzbekistonda chop etish huquqini berdi. Shartnomaning yana bir muhim jihati shundan iboratki, unga koʻra “Hilol-nashr” matbaa-nashriyoti yangi Musʼhafni Markaziy Osiyo davlatlari hamda Rossiyaga tarqatish huquqini ham qoʻlga kiritgan.
Yangi Musʼhaf nusxasining oʻziga xos jihatlari shundaki, uning xati butun dunyo musulmon xalqlari oʻrgangan qadimiy Madina Musʼhafi nusxasiga, sahifa va qatorlariga toʻliq mos keladi. “Hilol-nashr” nashriyoti ham mazkur nusxa asosida oʻzining maxsus nusxasini tayyorladi. Yozuvlar Gʻavsoniy noshirlik uyidan olingan nusxaga toʻliq mos boʻlgan holda oyat raqamlarining gardishlari hamda har bir sahifaning atrofidagi naqsh va boshqa bezaklar oʻzbek milliy naqshlari bilan almashtirildi. Musʼhafning dastlabki nusxasi tayyor boʻlgach, Gʻavsoniy noshirlik uyi tomonidan yangi nusxaning badiiy saviyasini, naqshlarini oʻrganib chiqildi va yuqori baholandi. Shundan soʻng, yangi Musʼhaf nusxasi bir yarim oy davomida maxsus nazorat guruhi tomonidan sinchiklab, harfma-harf, soʻzma-soʻz tekshirib chiqildi. Tekshiruvda hech qanday sahv-xatolar yoʻqligi tasdiqlangach, “Hilol-nashr” matbaasiga ushbu yangi nusxani chop etishga ruxsat berildi.
Bugun sotuvga chiqarilgan Musʼhafi sharif ana shu tasdiqdan oʻtkazilgan Musʼhaf namunasi boʻlib, sahifalarining rangi oʻquvchilarga yengillik boʻlishi uchun sariq hamda och sariq rangda tayyorlandi.
Ushbu xayrli ishning yana bir diqqatga sazovor jihati shundaki, “Hilol-nashr” matbaasi mazkur yangi Musʼhafni ustama narx qoʻymay, tan narxida sotishga qaror qilgani sabab, Gʻavsoniy nashriyoti ham bu ulkan xizmatning savobidan bahramand boʻlish maqsadida moliyaviy daromaddan voz kechdi.
Bugun erta tongdan “Hilol-nashr” nashriyot-matbaa savdo doʻkoni oldi yana Qurʼoni karim muxlislari bilan gavjum. Nashriyotning markaziy doʻkonida Qurʼoni karimning narxi 32 ming soʻmda sotilmoqda. Nashriyot doʻkonlari, shuningdek, hududlardagi hamkor kitob doʻkonlariga ham belgilangan yagona narx – 32 ming soʻmdan sotish sharti bilan tarqatildi. Shuni ham maʼlum qilamizki, xaridorlar nashriyotimiz kitoblarini hilolnashr.uz sayti orqali onlayn xarid qilish imkoniyatidan foydalanishlari ham mumkin.Oʻzbekiston bosh toksikologi va gemotologi zaharlangan hamyurtlarimizga yordam koʻrsatish uchun Rossiyaga joʻnab ketdi
Mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra 2019-yil 17-avgust kuni Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh toksikologi Rustam Akalayev va bosh gematologi Hamida Kazakbayeva “Koshelevskiy posad” korxonasida ishlagan va iyul oyida “nomaʼlum moddadan zaharlanish” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilib, hozirdan davolanishni davom ettirayotgan 48 nafar Oʻzbekiston fuqarolariga yordam koʻrsatish uchun Samara viloyatiga uchib ketadi.
4 nafar ogʻir ahvolda boʻlgan jabrlanuvchi (Ogʻabek Artikov, Islomboy Kuchkarov, Farhod Xayitov, Omonboy Roʻzimov) 16-avgust kuni davolanishni davom ettirishlari uchun Rossiya FVVning maxsus samolyotida Moskva shahridagi Gematologiya Milliy tibbiy tadqiqotlar markaziga olib kelindi. Rossiya poytaxtida ularni mamlakatimiz Elchixonasining va Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasining xodimlari kutib olishdi.
44 nafar Oʻzbekiston fuqarolari esa hamon V.D.Seredavin nomidagi Samara viloyati klinik shifoxonasida va 1-son Tolyatti shahar klinik shifoxonasida boʻlib turibdi.
Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volga boʻyi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kriov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm oʻlkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga ular zarurat tugʻilgan holatlarda mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtadi: +7-967-772-66-00.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring