Avtomobilini vaqtida ololmagan isteʼmolchiga penya undirib berildi

18:54 21 May 2019 Iqtisodiyot
1785 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi xodimlari tomonidan navbatdagi murojaat oʻrganib chiqildi.

Toʻrtkoʻl tumanidagi “Toʻrtkoʻl Avtolizing” MCHJ korxonasi rahbari A.Radjapbayev tomonidan Toʻrtkoʻl tumani Ullibogʻ OFY №12 boʻlimi №114- xonadonida yashovchi fuqaro Qabulov Jahongir Azamat oʻgʻli bilan 2019 yil 8 yanvar kuni tuzilgan №01/01-sonli “SPARK” rusumli avtomobilini lizinga berish toʻgʻrisida tuzgan shartnomani shartlarini bajara olmaganligi sababli, isteʼmolchi Qabulov Jahongir toʻlagan 19 999 000 (oʻn toʻqqiz million toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqiz ming) soʻm lizing asosiy toʻlovi, 3 332 000 (uch million uch yuz oʻttiz ikki ming) soʻm lizinga xizmat koʻrsatish toʻlovini – jami 23 331 000 (yigirma uch million uch yuz oʻttiz bir ming) soʻmni toʻliq naqd pulda qaytarib toʻlab berdi.

Shuningdek, Lizing shartnomasining 6.3-bandi boʻyicha shartnoma oʻz vaqtida bajarilmaganligi uchun lizing obyekti qiymatining 2% miqdorida 1 334 000 (bir million uch yuz oʻttiz toʻrt ming) soʻm penya ham toʻladi.

Shu bilan isteʼmolchining arizasi toʻliq qanoatlantirilib uning foydasiga jami 24 665 000 (yigirma toʻrt million olti yuz oltmish besh ming) soʻm qayta hisob-kitob qilinib qaytarib olib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер