Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga 5 milliard soʻmgacha imtiyozli kreditlar beriladi

13:46 04 Noyabr 2025 Jamiyat
167 0

Prezident qarori (328-son, 03.11.2025-y.) bilan “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–61 son qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, qarorga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlagan tadbirkorlarga 2-yillik imtiyozli davr bilan 7-yil muddatga 5 milliard soʻmgacha yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratish belgilandi.

Bunda imtiyozli kredit tadbirkorlarga har bir milliard soʻm qiymatgacha boʻlgan mablagʻ uchun kamida 1 nafar bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan ajratiladi.

Kredit ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarga asosiy vositalar sotib olish hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun ajratiladi.

Tadbirkor uning imtiyozli kredit olishiga sabab boʻlgan bitiruvchi oʻrtasida 2-yil davomida mehnat shartnomasi bekor boʻlgan taqdirda, kredit foizi mehnat shartnomasi bekor boʻlgan sanadan tijorat stavkasiga oʻzgartiriladi.

Biroq, bundan ushbu xodim oʻrniga 1 oy muddatda boshqa bitiruvchi ishga qabul qilingan hollar mustasno.

Shuningdek, bitiruvchilar oʻrtasida eng yaxshi startap va innovatsion loyihalar tanlovi tashkil etiladi. Tanlov gʻoliblariga kamida 2 nafar bitiruvchini ishga olish majburiyati bilan 1 milliard soʻmgacha grant ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер