Oʻzbekiston Prezidenti AQSH senatorini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrif doirasida oʻziga ajratilgan qarorgohda AQSH Senatidagi Markaziy Osiyo boʻyicha kokusning hamraisi, senator Stiv Deynsni qabul qildi.
Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Davlatimiz rahbari parlamentlararo aloqalarga, xususan, Senatdagi Markaziy Osiyo boʻyicha kokus faoliyatiga yuqori baho berdi.
Ikki tomonlama hamkorlikda misli koʻrilmagan yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro savdo koʻrsatkichlari oʻsmoqda, AQSHning yetakchi kompaniyalari bilan muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalarining soni koʻpaymoqda.
Keyingi oylarda rekord qiymatdagi kelishuv va shartnomalar imzolandi. Bu galgi tashrif davomida yangi iqtisodiy hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. AQSH Kongressi mazkur kelishuvlarning amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlashi muhim ekani taʼkidlandi.
Senator Stiv Deyns vakillik qilayotgan Montana shtati bilan faol hamkorlikni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi. Shtat ishbilarmonlarining delegatsiyasini Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring