Boysundagi “M-25” konidan yana gaz sizib chiqdimi?

22:02 03 Noyabr 2025 Jamiyat
301 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumanidagi kondan yana katta hajmdagi gaz sizib chiqqani aks etgan videolar tarqaldi. Energetika vazirligi ushbu hodisa yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Bildirilishicha, kecha, 2-noyabr kuni Boysun tumanidagi “M-25” konining 202-son gaz qudugʻida avvaldan yoqib qoʻyilgan olovning vaqtincha soʻnish holati kuzatilgan.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu holat kondagi geologik jarayon natijasida yuz bergan. Shundan soʻng havoga zararli moddalar tarqalishini oldini olish maqsadida gaz tezkor ravishda yana yoqib qoʻyilgan.

“Ushbu jarayon atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda standart yondashuv hisoblanadi va xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga toʻla javob beradi. Hozirgi vaqtda vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida turibdi”, deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, bu avvaldan konni jilovlash ishlarini olib borish jarayonidagi holat boʻlib, u yerda hech qanday kutilmagan vaziyatlar kuzatilmagan.

Vazirlik, shuningdek, mazkur holat 2025-yil 3-noyabr kuni soat 01:29 da qayd etilgan zilzila bilan bogʻliq emasligini alohida qayd etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер