Jizzaxda 2 kishi nomaʼlum etiologiyadan zaharlanib, vafot etdi

23:00 28 Oktyabr 2025 Jamiyat
417 0

Illyustrativ foto

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida ikki nafar fuqaro nomaʼlum etiologiyadan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda «Xalq soʻzi» manbasi xabar berdi.

Uning tasdiqlashicha, baxtsiz hodisa joriy yilning 25-oktyabr kuni soat 06:50 larda Gʻallaorol tumani “Sugʻunboy” qishlogʻidagi uyda sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida 2004-yilda tugʻilgan R.S. (oʻgʻil) va 2006-yilda tugʻilgan R.Yu. (kelin) vafot etgan. Ma’lum bo‘lishicha, hozirda holat yuzasidan ekspertiza tayinlangan. Ekspertiza xulosasiga koʻra sababi aniqlanadi.

“Platina.uz”ning yozishicha, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimining 2025-yil 27-oktyabrdagi xatiga asosan hodisa sabablarini tekshirish uchun ishchi guruh tuzilgan.

Ishchi guruh tarkibiga tuman hokimi oʻrinbosari v.v.b. S.Moʻminov, tuman FVB boshligʻi oʻrinbosari B.Joʻrayev, “Oʻzenergoinspeksiya”ning Jizzax viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi B.Boltayev, “Gʻallaoroltumangaz” GTB bosh muhandisi S.Zokirov va «Tozaurugʻ« QFY raisi A.Mamatov kiritilgan.

Ularga mazkur baxtsiz hodisani 15 kun ichida oʻrganib chiqish va belgilangan tartibda dalolatnoma tuzish, dalolatnomalar nusxalarini tegishli tashkilotlarga yetkazish vazifasi topshirilgan.

Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari v.v.b. S.Moʻminov zimmasiga yuklatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер