Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
Foto: “Nasaf” FK
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi ishtiroki yuzasidan surishtiruv oʻtkazadi. Bu haqda Assotsiatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 26-oktyabr kuni oʻtkazilgan OKMK hamda “Nasaf” klublari oʻyinidan soʻng boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyevning bildirgan fikrlari futbol jamoatchiligi orasida keng muhokamalarga sabab boʻldi.
“Kim chempion boʻlishini mavsum oxiri koʻrsatadi. Lekin koʻpchilik “Neftchi”ga koʻproq baho beryapti. Biz qarab turmaymiz, biz yaqinmiz. Biz anchadan beri magʻlubiyatsiz kelyapmiz. Chempionlikka loyiqmiz. Shu surʼatda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
“Neftchi”ning qanchalik harakat qilayotganini sizlar OAV vakillari ham bilib turibsizlar. Agar “Neftchi” ushbu vazifani amalga oshirsa, ortdagi insonlar qahramon boʻladi, shekilli. Menimcha, gapimni tushundingiz. Ular chempion boʻlsa, qahramonlarni maydondan izlash kerak emas. Ular maydon ortida boʻladi. Bu mening fikrim”, — degandi Berdiyev.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur holat yuzasidan oʻrganish va surishtiruvlarni oʻtkazadi hamda unga huquqiy baho beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring