Tramp: “Putin bilan uchrashuv boʻyicha yakuniy qaror hali qabul qilinganicha yoʻq”

12:11 22 Oktyabr 2025 Dunyo
294 0

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan rejalashtirilgan uchrashuv boʻyicha yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini maʼlum qildi. Bu haqda DW xabar berdi.

— Men samarasiz uchrashuv oʻtkazishni istamayman. Vaqtni bekorga sarflashni ham xohlamayman. Shuning uchun vaziyatni kuzatamiz, nima boʻlishini koʻramiz, — dedi respublikachi siyosatchi.

Trampning soʻzlariga koʻra, Putin bilan uchrashuv haqidagi qaror yaqin ikki kun ichida qabul qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, 16-oktyabr kuni AQSH va Rossiya prezidentlari telefon orqali suhbatlashgan edi. Muloqotdan soʻng Tramp yaqin kunlarda Budapesht shahrida ikki davlat delegatsiyalari uchrashuvi oʻtkazilishi rejalashtirilayotganini maʼlum qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?