“Bunaqasi faqat filmlarda sodir boʻlgan”: Oʻgʻrilar 10 daqiqa ichida Luvr muzeyini tunab ketishdi

Luvr muzeyida Napoleon davriga oid qimmatbaho buyumlar oʻgʻirlandi. Bu haqida “Bild” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, oʻgʻirlik bugun, 19-oktyabr kuni ertalab, soat 9:30 dan 9:40 gacha boʻlgan oraliqda sodir boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, oʻgʻrilar skuterda kelishgan va muzeyga qurilish ishlari olib borilayotgan hududdan ichkariga kirib, zanjirli arra yordamida derazalarni kesib oʻtishgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Napoleon va imperator Yevgeniy kolleksiyasidan toʻqqizta zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar oʻgʻirlangan. Hozircha yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmagan, biroq ichki ishlar vaziri Loran Nunyes oʻgʻirlangan zargarlik buyumlari bebaho qiymatga ega ekanini taʼkidlagan.
Parij markaziy okrugi meri Ariel Veyl voqeadan hayratda ekanligini bildirdi.
“Ushbu voqea muqarrar ravishda xavfsizlikka oid savollarni keltirib chiqaradi. Hozirgacha bunday oʻgʻriliklar faqat filmlarda sodir boʻlgandi. Luvrni oʻgʻirlash juda oson boʻlganiga ishonish qiyin”, — deydi okrug meri.
Guvohlarning soʻzlariga koʻra, hujum paytida muzey ichida vahima boshlangan.
“Men tashqarida edim. Politsiya piramida atrofida yugurib, yon shisha eshiklardan kirishga harakat qilishdi, lekin ular qulflangan edi.” Ichkarida hamma shoshib, oynaga urib, chiqishga urinardi», — deydi guvohlardan biri.
“Le Parisien” nashriga koʻra, kolleksiyadagi eng katta olmos, 1804-yilda Napoleonning toj kiyish marosimida taqilgan qilichiga oʻrnatilgan 140 karatli “Regent” oʻgʻirlanmagan. Biroq, imperator Evgeniyning toji dastlab oʻgʻirlangan, ammo oʻgʻrilar qochib ketish vaqtida uni tashlab yuborishgan. Singan toj muzey yonidan topilgan. Parij prokuraturasi tomonidan “uyushgan oʻgʻirlik” va “jinoiy guruh tuzish” moddalari boʻyicha ish qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring