Koreyada mavsumiy ishchilar dasturi qayta tiklandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasining Geongsangnam-do provinsiyasi gubernatori Pak Vansu bilan muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqida Migratsiya agentligi xabar berdi.
Mazkur uchrashuv davomida tomonlar E-8 mavsumiy ishchi vizasi asosida Toshkent viloyati aholisidan ishchilarni tanlab olish va ularni provinsiyaning Hapchon, Chongnyang okruglari hamda Miryang shahrida 8 oy (5+3) muddatga qishloq xoʻjaligi sohasida ishga jalb etish boʻyicha kelishib olgan.
Shuningdek, Migratsiya agentligi va Geongsangnam-do provinsiyasi oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sohasida mavsumiy ishchi kuchini jalb qilish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolangan. Koreya Adliya vazirligi talabiga koʻra, bunday kelishuvlarda ishchi kuchini yuboruvchi va qabul qiluvchi hududlar aniq belgilanishi shart.
“14-oktyabrda Migratsiya agentligi bilan imzolangan hamkorlik kelishuvida yuqorida qayd etilgan hududlardagi mavsumiy ishlarga aynan Toshkent viloyati aholisidan ishchilarni tanlash belgilangan. Pilot tarzda provinsiyaning 3 ta hududidan ishchi kuchiga boʻlgan talabnoma olish va 2026-yildan boshlab oʻzbekistonlik ishchilarning intizomi va samaradorligiga qarab, hamkorlikni boshqa hududlarga ham kengaytirish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, 2021-yilda Oʻzbekiston Koreyaga E-8 vizasi orqali ishchi yuborgan ilk davlat boʻlgan va 420 nafar fuqaro pilot loyiha asosida ishlagan edi. Biroq, ayrim ishchilar 5 oylik shartnoma muddati yakunlangach ham vatanga qaytmagani sababli, ushbu viza dasturi Koreya tomonidan toʻxtatilgan edi.
“Koʻp sonli fuqarolarimizning murojaatlariga koʻra, ikki davlat masʼul tashkilotlarning bir necha yildan buyon olib borgan muzokaralari natijasida Koreya hukumati mazkur imkoniyatni yana qayta ochishga qaror qildi va bundan unumli foydalanishni soʻrab qolamiz”, — deyiladi agentlik xabarida.
Bundan tashqari, Migratsiya agentligi fuqarolarimizdan mehnat shartnomasi va Koreya qonunchiligiga qatʼiy amal qilish hamda belgilangan muddatda vatanga qaytishni soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring