Zelenskiy yana Vashingtonga boradi. Nega?

Donald Tramp 17-oktyabr kuni Vashingtonda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyni qabul qiladi.
“Wall Street Journal”ning xabar berishicha, Kremlning AQSH Ukrainaga “Tomahawk” qanotli raketalarni yetkazib berishiga yoʻl qoʻymasligi haqidagi ogohlantirishiga qaramay, Zelenskiy Tramp bilan ushbu masalani muhokama qilmoqchi.
U tashrifning asosiy maqsadini Ukraina havo hujumidan mudofaasini mustahkamlash va Rossiyaga bosim oʻtkazish vositasi ekanligini aytdi.
Nashrning maʼlum qilishicha, Tramp Isroil va Misrga tashrifi chogʻida Rossiya hamda Ukraina urushi haqida gapirib, hali ham toʻqnashuvni toʻxtatishga harakat qilayotganini maʼlum qilgan.
AQSH va Yevropaning yuqori martabali amaldorlari WSJ bilan suhbatda Rossiya ham Ukraina ham Trampning Yaqin Sharqdagi dastlabki muvaffaqiyati tufayli oʻzlarining harbiy strategiyalarini oʻzgartirmasligini qayd etgan. Shunga qaramay, ular Tramp Putinni muzokaralar stoliga olib borish uchun harakat qilishiga ishonishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring