“Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahalla” reytingi eʼlon qilinadi

Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda “Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahalla” reytingi eʼlon qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishida aytildi.

Bir oy oldin “Tashabbusli byudjet” boʻyicha yangi qaror qabul qilinib, mahallada odamlarning oʻzi faol boʻlib boshlagan loyihalarga koʻmak beradigan tizim joriy qilindi. Bunda qaysi mahallada aholi yoʻl, suv, maktab, bogʻchani taʼmirlashni boshlagan boʻlsa, xarajatining yarmini davlat koʻtaradi. Bu maqsadlar uchun kelgusi yilda yana 1 mingta loyihaga 500 milliard soʻm ajratiladi.
Prezidentimiz bu borada yana bir yangilikni eʼlon qildi. Joriy yildan boshlab Soliq qoʻmitasi yer va mol-mulk soliqlarini toʻlanganlik darajasiga qarab, “Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahalla” reytingini eʼlon qiladi.
Bunda 100 talikka kirgan mahallaga “Tashabbusli byudjet”ning yangi tizimi boʻyicha infratuzilma xarajatining 75 foizi byudjetdan toʻlab beriladi. Shuningdek, ushbu mahallalarning har biriga qoʻshimcha 2 milliard soʻmdan ajratiladi.
Qonunchilik palatasi deputatlariga oʻz okrugidagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun har biriga 3 milliard soʻmdan mablagʻ beriladi.
Mahalla hududida sanitariya, ekologiya va noqonuniy qurilish boʻyicha jarimalarning 10 foizi mahalla byudjetiga yoʻnaltiriladi. Mahallalar byudjetiga 2026-yildan boshlab har yili 200 milliard soʻmdan ajratiladi.
“Ana shu aytib oʻtgan beshta manba hisobidan kelgusi bir yil uchun 2 mingta mahallaga qoʻshimcha 8,5 trillion soʻm mablagʻ beryapmiz”, dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring