Jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati oʻqituvchilari uchun toifa testlari yangi tartibda oʻtkaziladi

Jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati oʻqituvchilari uchun toifa testlari yangi tartibda oʻtkazilishi belgilandi. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali xabar berdi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun:
- birinchi bosqichda – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagogning mutaxassislik fani (35 ta) va kasb standarti (5) boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirigʻi beriladi (40 test savoli 1 baldan jami 40 ball);
- ikkinchi bosqichda – amaliy imtihon (jami 60 ball, shundan jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari boʻyicha-20 ball, sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi -40 ball).
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun:
- birinchi bosqich – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari (40 ta test savoli 1 baldan jami 40 ball);
- ikkinchi bosqich – Madaniyat vazirligi tomonidan belgilangan bolalar musiqa va sanʼat maktablarida tashkil etiladigan amaliy (ijodiy) imtihon (4 ta topshiriq 20+15+15+10 jami 60 ball shaklida oʻtkaziladi).
Maʼlumot uchun, shu yilning 25-oktyabr kuni umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari oʻqituvchilari uchun toifa testlari oʻtkaziladi. Bu attestatsiyaning birinchi bosqichi boʻlib, mazkur bosqichda pedagoglarga jami 40 ta (mutaxassislik boʻyicha 35 ta + kasbiy standartlar boʻyicha 5 ta) test savoli beriladi.
Shuningdek, jismoniy tarbiya va musiqaga madaniyati fanlari oʻqituvchilari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi, yaʼni amaliy (ijodiy) sinovlari keyingi kunlarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
“Tez kunlarda jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari oʻqituvchilari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi oʻtkazish jadvali ham eʼlon qilinadi. Ushbu fanlar oʻqituvchilari uchun attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichi boshqa-boshqa sanalarda oʻtkaziladi”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring