Samarqandda 165 million soʻmlik “svet” oʻgʻirlagan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdargʻom tumani boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “K.O.” MCHJ masʼul shaxslari “Mirzo Ulugʻbek” MFY hududidagi binosida tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olgani fosh qilingan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur qonunbuzilish holati natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 165,5 million soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring