Isroil garovga olinganlarni ozod qilishga tayyorlanmoqda — Netanyaxu

14:26 04 Oktyabr 2025 Dunyo
343 0

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMAS tashkilotining AQSH prezidenti tomonidan ilgari surilgan tinchlik rejasi boʻyicha kelishuviga javob qaytardi. Bu haqida “Bild” nashri xabar berdi.

“HAMASning munosabatini inobatga olgan holda Isroil Trampning barcha garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilish rejasining birinchi bosqichini zudlik bilan amalga oshirishga tayyorlanmoqda”, — deydi Netanyaxu.

HAMAS barcha garovga olinganlarni ozod qilishga prinsipial jihatdan tayyorligini, biroq ularning baʼzilarini 72 soat ichida qaytarilishini imkonsiz deb hisoblab, yangi muzokaralar oʻtkazishni talab qilgan.

Isroil hukumati bayonotida aytilishicha, Isroil AQSH prezidenti va uning jamoasi bilan urushni tugatish borasida yaqin hamkorlikni davom ettiradi.

Trampning tinchlik rejasida agar ikkala tomon ham bunga rozi boʻlsa, urush darhol tugaydi va Isroil qoʻshinlari kelishilgan chiziqqa chekinishi aytilgan. Shundan soʻng, HAMAS barcha garovga olinganlarni ozod qilishi kerak. Isroil, oʻz navbatida, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 250 mahbusni, shuningdek, 2023-yil 7-oktyabrdan keyin hibsga olingan 1 ming 700 nafar gʻazolikni ozod qilishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер