Qozogʻistonda Telegram ofisi ochildi

Foto: Akorda
Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovni qabul qildi. Bu haqda Akorda matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv Xalqaro “Digital Bridge 2025” forumi doirasida boʻlib oʻtgan. Suhbat davomida taʼlim, sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
Toqayev Telegramʼning mamlakatda raqamli kun tartibini rivojlantirishga qoʻshgan hissasini yuqori baholagan. Chunki kompaniya endilikda rasman “Astana Hub” ishtirokchisiga aylangan, Qozogʻistonda oʻz ofisini ochgan va “AIem.Ai” markazida sunʼiy intellekt laboratoriyalarini yoʻlga qoʻygan.
Oʻz navbatida Pavel Durov Qozogʻiston Prezidentiga sunʼiy intellekt sohasidagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari haqida maʼlumot bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring