Klopp Saudiya klubiga murabbiy boʻlishi mumkin

18:17 29 Sentyabr 2025 Sport
239 0

Yurgen Klopp Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod“ klubi bosh murabbiyligiga kelishi mumkin. Bu haqida “Arriyadiya“ nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Al-Ittihod“ klubi rahbarlari jamoa bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida germaniyalik mutaxassisning variantini maʼqullagan. Yaqin kunlarda Klopp bilan muzokaralar boshlanadi.

“Al-Ittihod“ klubi bu yil OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasida ham ishtirok etmoqda. Jamoa dekabr oyida Oʻzbekiston chempioni, Qarshining “Nasaf“ klubi bilan toʻqnash keladi.

Maʼlumot uchun, ayni paytda “Al-Ittihod“ jamoasi bosh murabbiyligi vakant boʻlib turibdi. Sababi klubni shu vaqtgacha boshqarib kelgan Loran Blan 28-sentyabr kuni “Al-Nasr“dan qabul qilib olingan magʻlubiyatdan soʻng isteʼfoga chiqarilgan.

Eslatib oʻtamiz, Yurgen Klopp bosh murabbiy sifatida “Mayns 05”, “Borussiya Dortmund“ va “Liverpul“ klublarini boshqargan. “Borussiya Dortmund“ bilan 2-marta Germaniya Bundesligasida gʻolib boʻlgan, “Liverpul“ bilan esa Angliya Premyer-ligasidan tashqari, UYEFA chempionlar ligasida ham chempion boʻlishni uddalagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер