“Toshkent shahar suv taʼminoti” AJga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Avvalroq Toshkent viloyati hududidan oqib oʻtgan “Boʻzsuv” kanaliga kanalizatsiya suvlari oqizilayotgani haqida xabar berilgandi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot kotibi Lola Rahmonboyeva mazkur holat yuzasidan tegishli tekshiruv oʻtkazilganini maʼlum qildi.
Bildirilishicha, oqova suvlarning chiqish joylaridan olingan laboratoriya tahlil natijalariga koʻra, “Boʻzsuv aeratsiya inshooti”ning birinchi sonli tashlamasida muallaq moddalar cheklangan miqdordan 23,7-marta, ammoniy ioni 101,9-marta, azot nitrit 3,5-marta, sulfatlar 2,3-marta, fosfatlar 1,3-marta, BPK 19,6-marta, neft mahsulotlari 2,52-marta, mis 4,16-marta, temir 12,4-marta yuqori ekanligi aniqlangan.
Shuningdek, obyektning uchinchi sonli tashlamasida muallaq moddalar belgilangan miqdordan 22,1-marta, ammoniy ioni 19,9-marta, azot nitrit 8,5-marta, sulfatlar 2,8-marta, fosfatlar 1,3-marta, BPK 17-marta, neft mahsulotlari 1,78-marta, mis 3,3-marta, temir 3,6-marta yuqori ekanligi maʼlum boʻlgan.
Dastlabki tekshiruv davomida atrof-muhitni ifloslantirganlik hamda oqova oqizganlik oqibatida 1 mlrd 511 mln 966 ming 450 soʻm qoʻshimcha kompensatsiya toʻlovi hisoblangan.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 205- va 207-moddalari bilan “Toshkent shahar suv taʼminoti” AJga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur holat boʻyicha “Toshkent shahar suv taʼminoti” AJ ham rasmiy munosabat bildirib, laboratoriya tekshiruvlari natijasida suv tarkibida hech qanday rang qoldiqlari aniqlanmaganini qayd etdi.
Maʼlum qilinishicha, ekologiya va sanitariyaga masʼul tashkilotlar masʼullaridan iborat guruh tuzilib, holat oʻrganilgan, laboratoriya tekshiruvi oʻtkazilgan. Tekshiruv natijasida ayni vaqtda “Boʻzsuv” inshootida tozalanib, kanalga oqizilayotgan suv tarkibida rang qoldiqlari aniqlanmagan.
Ushbu suratda ayni vaqtda “Boʻzsuv” inshootida tozalanib, kanalga oqizilayotgan suv namunasi tasvirlangan.
“Kelgusida korxonalardan tashlanayotgan oqovalar tarkibida ortiqcha kimyoviy chiqindi va ranglar uchragan taqdirda vaziyatga aniqlik kiritib, keskin choralar koʻrish boʻyicha masʼullar ogohlantirildi”, deyiladi munosabatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring