Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi

16:51 29 Sentyabr 2025 Jamiyat
415 0

“Tadbirkorlik subyektlarini yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Mazkur farmonni qabul qilishdan koʻzlangan maqsad etib 2026–2027-yillarda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan 4 trillion soʻmlik moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish orqali 5 mingta tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish belgilangan.

Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-noyabrdan Kompaniya tomonidan tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi qoʻshimcha instrumentlar joriy etiladi:

  • tadbirkorlarni “chempion” tadbirkor toifasiga olib chiqishga koʻmaklashish uchun ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish loyihalariga tijorat banklari orqali 10 milliard soʻmgacha kreditlar ajratish uchun resurs joylashtirish;
  • kichik tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va “yashil” iqtisodiyot yoʻnalishidagi mikroloyihalariga tijorat banklari tomonidan 500 million soʻmgacha ajratilgan kreditlarni quyidagi shart va hollarda qayta moliyalashtirish:
  • ajratilgan kreditning foiz stavkasini 6 foizgacha, biroq Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkagacha kamaytirish;
  • kamida 1-yil faoliyat yuritgan va 2 nafar xodimi boʻlgan tadbirkorlarining 5 ta va undan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratishni nazarda tutgan loyihalariga taqdim etish.

Shuningdek, mazkur farmonga koʻra, 2025-yil 1-dekabrdan Kompaniya tomonidan qoʻshimcha ravishda kafolat yoki kafillik quyidagi shartlarda taqdim etilishi belgilangan, jumladan:

  • yirik tadbirkorlarga 10 milliard soʻmgacha, biroq kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarning 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
  • oʻrta va yirik tadbirkorlarning ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va “yashil” iqtisodiyot yoʻnalishidagi yirik loyihalariga ularning aylanmasidan kelib chiqib, 10 milliard soʻmdan ortiq boʻlgan miqdorda;
  • avval kafillikdan ijobiy foydalangan va yaxshi kredit tarixiga ega boʻlgan tadbirkorlarga amalda belgilangan kafillik miqdorini 1,5 baravargacha oshirgan holda;
  • 2026-yil 1-yanvardan olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda roʻyxatdan oʻtgan kichik va oʻrta tadbirkorlarga ajratilgan kreditlarning mos ravishda 1,5 milliard soʻmgacha va 5 milliard soʻmgacha boʻlgan qismini Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkasigacha qayta moliyalashtirish orqali kompensatsiya taqdim etiladi.

Bunda Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning aʼzolari tadbirkorlarda band boʻlgan xodimlarning kamida 5 nafarini tashkil qilganda 2 foizgacha, 10 nafarini tashkil qilganda 4 foizgacha, 20 nafarini tashkil qilganda 6 foizgacha miqdorda qayta moliyalashtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер