NASA Oyga tahdid solayotgan asteroidni yadroviy zarba bilan yoʻq qilish ehtimolini koʻrib chiqmoqda

AQSHning NASA agentligi 2032-yilda Oyga urilishi mumkin boʻlgan 2024 YR4 asteroidini toʻxtatish boʻyicha bir nechta ssenariyni muhokama qilmoqda. Bu haqda agentlik sayyoraviy himoya boʻyicha olib borayotgan tahlillarda maʼlum qilindi.
Mutaxassislar koʻrib chiqayotgan asosiy yoʻllardan biri — asteroidning orbitasini oʻzgartirish. Juda kichik trayektoriya oʻzgarishi ham Oyga urilish xavfini yoʻqotishi mumkin. Biroq bunga erishish uchun obyektning aniq massasini bilish zarur, aks holda xato hisoblar teskari natija berishi mumkin.
Yana bir yoʻl — asteroidni buzib tashlash. Olimlar uni ogʻir kosmik apparat zarbasi yoki yadroviy portlatish orqali parchalash imkonini koʻrib chiqmoqda. Hisob-kitoblarga koʻra, taxminan bir megatonna quvvatga ega yadroviy zarba 2024 YR4 ni Oy uchun xavfsiz boʻlgan kichik fragmentlarga boʻlib tashlashi mumkin.
NASA olimlari asteroidning 2028-yildagi yaqinlashuvini kutmoqchi. Shu paytda uning aniq oʻlchamlari va massasi haqida koʻproq maʼlumot olinib, oxirgi qaror qabul qilinadi.
Maʼlumot uchun, 2022-yilda NASA oʻzining DART missiyasi doirasida birinchi marta asteroid yoʻldoshining orbitasini muvaffaqiyatli oʻzgartirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring