Oʻzbekiston yana bir orol davlat bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi

Oʻzbekiston va Palau oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Oʻzbekiston TIV rahbarining yozishicha, u Nyu-York shahrida Palau davlat vaziri Gustav Aytaro bilan uchrashuv oʻtkazgan.
“Mamlakatlarimiz oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatishga doir tarixiy hujjat – Qoʻshma kommyunikeni imzoladik. Ushbu muhim qadam nafaqat oʻzaro ezgu niyatimizni ifoda etadi, balki hamkorlik va sheriklikning istiqbolli kelajagiga yoʻl ochadi”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.
Vazirning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekiston va Palau oʻrtasida yangi imkoniyatlarni roʻyobga chiqarish hamda mustahkam va uzoq muddatli aloqalarni yoʻlga qoʻyish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi.
Bu oʻzi qanday davlat?
Palau — Tinch okeanining gʻarbiy qismida, Mikroneziya subregionda joylashgan davlat boʻlib, 250 dan ortiq orol va isletlardan iborat. Mamlakat poytaxti Babeldaob orolidagi Ngerulmud shahri, eng yirik shahri esa Korordir.
Uning umumiy yer maydoni 459 km², umumiy aholisi 20 ming nafarga yaqin. Palau oʻz hududiy suvlari va 200 bahriy milgacha boʻlgan eksklyuziv iqtisodiy zonasida toʻliq suveren huquqqa ega.
Palauning boshqaruv shakli — prezidentlik respublikasi. Yaʼni davlat boshligʻi ham, hukumat rahbari ham prezident hisoblanadi. Parlament ikki palatali — senat va vakillar palatasidan iborat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring