OʻFA milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga yangi nomzod topdi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro olib kelinishi mumkin. Bu haqda SA nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassis bilan dastlabki muzokaralarni oʻtkazgan, hozirda ushbu jarayon davom etmoqda.
Maʼlumot uchun, Fabio Kannavaro 1991–2011-yillarda futbolchi sifatida faoliyat olib borgan. 2006-yilda u “Oltin toʻp” sovrinini qoʻlga kiritgan.
Murabbiy sifatida Xitoyning “Guanchjou Evergrand”, Saudiya Arabistonining “Al-Nasr”, Italiyaning “Benevento”, “Udineze” kabi klublarida ishlagan. Fabioning soʻnggi ish joyi Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klubi boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, OʻFAning terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze bilan shartnomasi kelgusi oy yakunlanadi. Oʻz navbatida, Kapadzega ham ayni paytda Xitoy milliy terma jamoasidan takliflar boʻlayotgani aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring