Namanganda uyida qimorxona tashkil qilgan shaxs ushlandi

Foto: Namangan IIB
Namangan viloyati Namangan tumanida yashash xonadonida 700 ming soʻm evaziga qimorxona tashkil qilgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu holat “Xavfsiz hudud — dolzarb 20 kunlik” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlangan.
Joriy yilning 20-sentyabr kuni Namangan tumanida oʻtkazilgan tadbirda “Qorakoʻl” mahallasida yashovchi fuqaro oʻzining yashash xonadonida 5 nafar fuqaroga oʻyin kartalari yordamida qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyin oʻynashlari uchun sharoit yaratib bergan. U buning evaziga jami 700 ming soʻm moddiy manfaat koʻrgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring