Fargʻonada qariyb 10 ming quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi

12:53 25 Sentyabr 2025 Jamiyat
61 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oʻzbekiston tumani boʻlimi va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro O.A. fuqaro S.N.ga umumiy bahosi 125,9 million soʻmlik chet elda ishlab chiqarilgan jami 9 ming 880 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotishga kelishgan.

Shundan soʻng, kelishilgan tamaki mahsulotlarini uning avtomashinasiga oʻtkazayotgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер