Qirgʻizistondan giyohvandlik vositasini olib kelib, sotmoqchi boʻlgan jinoiy guruh fosh qilindi (+video)
Qirgʻizistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shugʻullangan jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanida yashovchi, 1984–1991-yillar oraligʻida tugʻilgan 6 nafar fuqaro oʻzaro til biriktirib, qirgʻizistonlik narkosavdogardan 2 kg “gashish” moddasini 15 ming AQSH dollariga sotib olishga kelishib, 1 ming 950 AQSH dollarini boshlangʻich badal sifatida unga yetkazib bergan.
Shundan soʻng, Qirgʻiz Respublikasi fuqarosi giyohvandlik vositasini oʻzbek-qirgʻiz davlat chegarasidan kontrabanda yoʻli bilan oʻtkazib, Xonobod shahridagi xufiya joyda qoldirgan.
Qoʻrgʻontepalik ogʻufurushlardan biri esa ushbu giyohvandlik vositasini olib, oʻzining avtomashinasida Xonobod-Qoʻrgʻontepa yoʻnalishida harakatlanayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, jinoiy guruhning qolgan 5 nafar aʼzosi ham protsessual tartibda qoʻlga olingan.
Ekspertiza xulosasiga koʻra, ushbu “gashish” giyohvandlik vositasining sof ogʻirligi 1 kg 954 gr.ni tashkil qilgan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring