“Xalq nazorati” elektron portalini butun respublikada ishga tushirish Hisob palatasiga topshirildi

10:44 16 Iyun 2025 Siyosat
171 0

Hisob palatasiga bir oy ichida Toshkent shahrida oʻzini oqlagan “Xalq nazorati” elektron portalini butun respublikada ishga tushirish topshirildi.

Ushbu portal orqali aholi qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma muammolarini suratga olib va aniq manzilini koʻrsatgan holda mobil ilova orqali yuboradi.

Masalaning yechimi ham fotosurat bilan tasdiqlanadi. Ularning qanchalik tez va sifatli hal etilishiga qarab, hokimlar faoliyati kunlik baholab boriladi.

Bu tizim murojaatlarning yagona platformasi boʻladi va unga barcha vazirlik, idora, hokimliklar ulanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?