1-iyundan radarlar yoʻl chizigʻini bosganlik uchun jarima yozmaydi
Oʻzbekistonda 1-iyundan radarlar yoʻl chizigʻini bosganlik uchun jarima yozmaydi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga asosan aholining taklif va istaklarini inobatga olgan holda, avtomobil yoʻllarida harakatlanish tartibini yanada takomillashtirish, haydovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan Hukumat qarori qabul qilingan.
Qarorga muvofiq, joriy yil 1-iyundan boshlab yoʻl chiziqlarini bosib qoidabuzarlik sodir etish holatlarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Toʻxtash chizigʻi – “stop-liniya” (5.33 yoʻl belgisi) bundan mustasno.
Yaʼni, haydovchi chiziqni bosib olsa, bu qoidabuzarlik fotoradar yoki videokamera orqali qayd etilmaydi, demak, avtomatik ravishda jarima yozilmaydi. Lekin, YPX xodimi tomonidan aniqlanganda, qoidabuzarlik oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring