Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi vizasiz rejim bekor qilindimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarolarining Birlashgan Arab Amirliklariga kirishi taqiqlangani haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va feykdir, deb yozmoqda Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov.
Uning qayd etishicha, Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi mavjud vizasiz tartib oʻz kuchida qolmoqda. Rasmiy manbalar bunday choralar joriy etilgani haqida hech qanday maʼlumot bermagan.
“Faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalarga ishonishingizni soʻrab qolamiz”, deydi TIV matbuot kotibi.
Gap shundaki, soʻnggi vaqtlarda Dubay shahrida Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari koʻpayayotgani ikki davlat oʻrtasidagi vizasiz tartibga taʼsir koʻrsatishi mumkinligi haqida xabarlar sizdirildi.
Xususan, bundan bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh oʻzbekistonliklar Dubay shahri koʻchalarida mushtlashgani va ish pichoqbozlikkacha borib yetgani, mazkur holat boʻyicha 15 nafar Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olingani maʼlum qilindi.
Voqealar fonida Oʻzbekiston TIV mazkur holatlar boʻyicha tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ish olib borayotgani haqida rasmiy munosabat bilan chiqdi.
Bildirilishicha, yuzaga kelayotgan holatlar boʻyicha Oʻzbekiston diplomatlari va Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtgan.
Uchrashuvda BAA tomoni yuqoridagi pichoqbozlik boʻyicha tergov harakatlari olib borilayotganini hamda shu kabi holatlar koʻpayayotgani ikki davlat oʻrtasidagi vizasiz tartibga taʼsir koʻrsatishi mumkinligini taʼkidlangan.
Shu bois, TIV matbuot kotibi oʻz Telegram kanalida Oʻzbekiston fuqarolarini xorijdagi yurtdoshlarimiz shaʼniga dogʻ tushiruvchi harakatlardan tiyilishga chaqirib, murojaat yoʻlladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring