Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi

Elyorbek Rahmatillayevich Karimov Andijon shahri hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Elyorbek Karimov 1986-yilda Izboskan tumanida tugʻilgan tugʻilgan boʻlib, 2008-yilda Andijon qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida gʻaznachilik hamda moliya tizimining tuman hamda viloyat idoralarida masʼul lavozimlarda, shuningdek, Izboskan tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Taʼkidlash joiz, Elyorbek Karimov ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Izboskan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi. Avvalgi hokim Gʻofurjon Abdurahmonov esa 2022-yilning 14-iyunidan buyon bu lavozimda faoliyat ishlab kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring