Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi

17:30 20 Aprel 2025 Dunyo
244 0

Foto: AP

Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda “Mydrivers” portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Huawei” kompaniyasi va “China Unicom” bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish — 9834 Mbit/s, uzatish — 1008 Mbit/s, kechikish esa atigi 3 millisekundni tashkil etadi.

Sinov davomida yuklash tezligi soniyasiga 9834 Mbitʼni tashkil etgan. Taʼkidlanishicha, 8K formatdagi 90 gigabaytli filmni 72 soniyada yuklab olish mumkin. Taqqoslash uchun, oddiy gigabitli tarmoq buning uchun taxminan 12 daqiqa vaqt oladi.

10G texnologiyasiga oʻtish yuqori oʻtkazuvchanlik imkoniyati talab qilinadigan servislar uchun sharoit yaratadi. Gap 8K formartdagi videolar oqimi, bulutli platformalar, shuningdek, qoʻshimcha va virtual realliklar haqida ketmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер