Andijonda ikkita yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

Videodan kadr
Andijon viloyati Izboskan tumanida yuk mashinasi boshqa bir yuk mashinasini urib, agʻdarib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat 19-aprel kuni Izboskan tumani “Beshterak” MFY hududidan oʻtgan D-133 Kuyganyor—Madaniyat avtomobil yoʻlining 5-kilometrida sodir boʻlgan.
42 yoshli haydovchi Z.A. oʻzining “Howo” rusumli yuk avtomashinasini boshqarish davomida, quvib oʻtish qoidasini buzgan. Oqibatda oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan GAZ-53 yuk avtomashinasining orqa chap qismiga borib urilgan.
Toʻqnashuv zarbidan agʻdarilib ketgan GAZ-53 haydovchisi olgan tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani ichki ishlar masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring