2024-2025-oʻquv yilida oliy taʼlim bilan qamrab olinganlik darajasi qanday?

2024/2025 oʻquv yili boshiga Oʻzbekiston Respublikasining 18-23 yosh oraligʻidagi aholisini oliy taʼlim bilan qamrab olinganlik darajasi 47,7 % ni tashkil qildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Ushbu yosh toifasidagi aholining oliy taʼlim bilan qamrov koʻrsatkichlari 2014-yilda 6,8 foiz, 2017-yilga kelib 8,3 foiz, 2020-yilda 18,7 foiz, 2022-yilda 36,6 foiz va 2024-yilda esa 47,7 foiz koʻrinishida boʻlgan.
2024/2025 oʻquv yili boshidagi natijalar 2014-yil bilan solishtirilganda 40,9 % ga yuqoriroqdir.
Taʼkidlash joiz, 2024-yilda respublikada oliy taʼlim muassasalari soni 211 tani tashkil etib, ulardan 112 tasi davlat, 30 tasi xorijiy va 69 ta nodavlat oliy taʼlim muassasalari ekanligi maʼlum qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring