Sunʼiy intellekt ish haftasini ikki kunga qisqartiradi — Bill Geyts

Illyustrativ foto
"Microsoft" korporatsiyasining asoschilaridan biri boʻlgan Bill Geyts taniqli teleboshlovchi Jimmi Fellonga bergan intervyusida sunʼiy intellektning kelajagi haqida dadil bashoratlar qildi.
U sunʼiy intellekt bir paytlar shaxsiy kompyuterlar kabi keng tarqalgan va hammabop boʻlishiga hamda tibbiyot va taʼlim sohasidagi mutaxassislar yetishmovchiligini bartaraf etishga yordam berishiga ishonch bildirdi.
Geytsning soʻzlariga koʻra, oʻn yildan soʻng odamlar sunʼiy intellekt yordamida malakali tibbiy tavsiyalar va taʼlim xizmatlarini olishi mumkin boʻladi. Shuningdek, uning taxmin qilishicha, texnologiyalar rivojlanishi ish haftasining davomiyligini sezilarli darajada — ikki kunga qadar qisqartirish imkonini beradi, bu ish unumdorligining oshishi hisobiga boʻladi.
Biroq bunday optimizm bir qator ekspertlarda shubha uygʻotdi. Ular sogʻliqni saqlash tizimidagi tizimli muammolar va mavjud sunʼiy intellekt modellarining cheklanishlarini, shu jumladan, algoritmlarning farazlarga asoslanganini va maʼlumot berishda mumkin boʻlgan xatolarni koʻrsatadi.
Bundan tashqari, Bill Geyts sunʼiy intellektning iqlimga taʼsiri va texnologiyalarni ishlab chiqishda barqaror yondashuvning ahamiyatini muhokama qildi. Uning taʼkidlashicha, hisoblash quvvatining ortishi ekologik maqsadlarga qarshi bormasligi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring