Rossiyada ogʻir jarohat olgan Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Oʻzbekiston diplomatlari saʼy-harakatlari bilan Rossiyaning Vladivostok shahrida ogʻir tan jarohati olgan vatandoshimiz Oʻzbekistonga qaytdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Xabarda aytilishicha, Samarqand viloyatidan boʻlgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, oʻgʻli S.G. baxtsiz hodisa oqibatida jiddiy jarohat olib, Vladivostok shahrining 2-sonli klinik shifoxonasida yotgani va dori-darmon uchun yetarli mablagʻ qolmaganini bildirgan hamda Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻragan.
Uning oʻgʻli S.G. 2023-yilda Rossiyaning Xabarovsk oʻlkasiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan. Ammo 2024-yilning oktyabr oyida Birobidjan shahrida ehtiyotsizligi oqibatida daraxtdan yiqilib, boʻyin umurtqa qismini sindirib olgan. Birobidjan shahar markaziy shifoxonasida unga operatsiya muolajasi oʻtkazilib, statsionar davolashga olingan.
Biroq bemorning otasi Birobidjan shahar markaziy shifoxonasida davolanayotgan oʻgʻlining sogʻligʻidan koʻngli toʻlmay, uni Vladivostok shahridagi 2-sonli klinik shifoxonasiga oʻtkazgan. Bu yerda ham shifokorlar bemorda qayta operatsiya oʻtkazish kerakligini bildirgan. Biroq, ular operatsiya uchun yetarli mablagʻ yoʻqligi uchun davolanishni Oʻzbekistonda davom ettirishga qaror qiladi.
“Mamlakatimiz diplomatlari koʻmagida joriy yilning 5-mart kuni bemor hamyurtimizning Oʻzbekistonga qaytib ketishi uchun "Uzbekistan airways”ning Vladivostok-Toshkent yoʻnalishidagi samolyotiga chipta sotib olib berildi va oilasi bagʻriga kuzatib qoʻyildi», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring