Toshkentda bir vaqtning oʻzida 6ta uy yongʻin ichida qoldi

Bugun, 18 mart kuni Toshkentda bir yoʻla oltita xonadon yonib ketdi. Bu haqda Bu haqda Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi ”Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.
Unda qayd qilinishicha, soat 11:25da Toshkent shahar IIBB Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi Yongʻinni oʻchirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Oqlon” mahallasi, Koʻkcha darvoza tor koʻchasida joylashgan uylarda yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabar asosida 8 ta yongʻin oʻchirish ekipajlari jalb etilgan. Birinchi boʻlinmalar soat 11.29 da voqea joyiga yetib kelgan. Yongʻin soat 12:05 da qurshab olingan va soat 12:34 da toʻliq bartaraf etilgan. Yongʻin oqibatida Koʻkcha darvoza tor koʻchalarida joylashgan 4 ta va shu xonadonlarga tutash qurilgan Fuzuliy koʻchasidagi 2 ta xonadonlarda jami 380 kv.metr maydonda tom qismlari va ichki jihozlari yonib zararlangan. Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻindan uylarning jami 500 kv.metr maydoni saqlab qolingan.
Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq. Yongʻinning kelib chiqishi taxminiy sababi sifatida Koʻkcha darvoza tor koʻchasidagi 14-xonadonning oshxonasida yogʻni qozonda dogʻlash uchun gaz plitasiga qoʻyib, nazoratsiz qoldirilishi koʻrsatilmoqda.
Yongʻin natijasida kelib chiqqan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring