Oʻzbekiston Notarial palatasi Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik oʻrnatdi
Oʻzbekiston Notarial palatasi hamda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat universiteti (SPDU) oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Mazkur Memorandum — birinchi xorijiy oliy oʻquv yurti imzolangan memorandum hisoblanadi.
SPDU ning xalqaro faoliyati boʻyicha prorektori S.V.Andryushin hamda Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov tomonidan imzolangan ushbu hujjat taraflar tomonidan quyidagi yoʻnalishlarni rivojlantirishni oʻz ichiga oladi.
Xususan, memorandum ilmiy loyihalarni amalga oshirish, oʻquv va ilmiy tadbirlar, kurslar, konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar tashkil etish, ilmiy tajriba almashish, bibliografik materiallar va tomonlarni qiziqtirgan boshqa maʼlumotlarni almashlash borasida hamkorlikni tashkil etishga qaratilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Notarial palatasi mamlakatimizda yurist kadrlarni tayyorlaydigan 8 ta oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring