“Hizbulloh” Isroil razvedka bazasiga raketa hujumi uyushtirganini maʼlum qildi

13:33 22 Oktyabr 2024 Dunyo
162 0

Illyustrativ foto

Livandagi “Hizbulloh” harakati Isroil poytaxti Tel-Aviv shahri chekkasidagi Glilot harbiy razvedka bazasi va Hayfa shimoli-gʻarbidagi Isroil harbiy-dengiz bazasiga raketa hujumlarini uyushtirganini maʼlum qildi.

“Islom qarshilik jangarilari Tel-Aviv chekkasidagi Glilot harbiy razvedka bazasiga raketa hujumi uyushtirdi”, — deyiladi harakat matbuot xizmati seshanba kungi bayonotida.

Matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, Isroil poytaxti yaqinidagi Nirit qishlogʻiga ham raketa zarbasi berilgan.

Xabarda aytilishicha, harakat Hayfa shimoli-gʻarbidagi Stella Maris harbiy-dengiz bazasiga raketalar bilan hujum qilgan.

Hozircha, bu maʼlumotga Isroil tomonidan hech qanday izoh berilmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?